21:52 / 06.01.2021
6152

Rifat Akramxo‘jayev - «Surxon» bosh murabbiyi

«Surxon» klubi yangi mavsum uchun murabbiy shtabini tasdiqladi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati. 

Yangi mavsumga jamoani Rifat Akramxo‘jayev bosh murabbiy sifatida boshqarib boradigan bo‘ldi. Rifat Akramxo‘jayev yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. Unga «Paxtakor»dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Rustam Oripov yordam beradi. 

Shuningdek, Akramxo‘jayevga murabbiylar shtabida faoliyatini yakunlagan futbolchi Rahmatullo Berdimurodov, Ikromjon Ibragimov, Shuhrat Rahmonkulov va darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jayev yaqindan yordam beradi. Bahromjon Haydarov esa klubda katta murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.

«Surxon» klubi 7 yanvar kunidan Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, «Surxon» o‘tgan mavsumda Ravshan Haydarov va Vladimir Andreyev qo‘l ostida to‘p surgan va mavsumni 12-o‘rinda yakunlagandi.

Top