19:28 / 06.01.2021
1398
Yevroittifoqda Moderna vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning qayd etishicha, Moderna vaksinasi xavfsiz va samarali deb baholangan.

Foto: Karen Ducey / Getty Images

Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) AQShning Moderna vaksinasidan koronavirusga qarshi kurashda foydalanishga ruxsat berdi.

"Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) Moderna vaksinasidan 18 yoshdan kattalarda koronavirus tarqalishining oldini olishda foydalanish uchun ruxsat berdi", - deyiladi agentlik tvitterida.

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyenning qayd etishicha, "EMA Moderna vaksinasini xavfsiz va samarali deb baholadi".

EMA ijrochi direktori Emer Kuk Moderna vaksinasi koronavirus pandemiyasini bartaraf etishda yana bir vosita bo‘lishini ta'kidladi.

Yevroittifoqda o‘tgan yil dekabrda BioNTech va Pfizer vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top