08:46 / 06.01.2021
3335
YHXBB yo‘l harakati qatnashchilarini muzlamalar to‘g‘risida ogohlantirdi
Foto: KUN.UZ

Respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarib, qor yog‘ganligi ayni vaqtlarda muzlamalarni yuzaga keltirmoqda, deb xabar beradi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Shu sababli, haydovchilardan:

  • qoidalarga amal qilib, oraliq masofani saqlagan holda harakatlanish;
  • gaz va tormoz tepkisini keskin bosmaslik; 
  • piyodalarga e'tiborli bo‘lish, piyodalardan esa yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmaslik, ehtiyotkor bo‘lish so‘ralgan.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz, sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikada ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.

Top