17:54 / 07.01.2021
7505

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining mintaqaviy hudud bo‘yicha vakillari tayinlandi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining ikki mintaqaviy hudud bo‘yicha vakillari tayinlandi.

Elyorbek G‘aniyev

Podpolkovnik Elyorbek G‘aniyev - Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining birinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar E. G‘aniyev Quvasoy shahar IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Muzaffarjon Xoldarov

Podpolkovnik Muzaffarjon Xoldarov - Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining ikkinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar M.Xoldarov Qo‘qon shahar bo‘yicha IIO FMB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top