17:11 / 07.01.2021
2841
Laziz Hasanov Taekvondo ITF assotsiatsiyasi rahbarligiga qayta saylandi

O‘tgan yil oktyabr oyida 7-DAN qora belbog‘ sohibiga aylangan Laziz Hasanov Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi prezidentligiga qayta saylandi.

6 yanvar kuni Toshkent shahridagi «Daniel Hill» mehmonxonasida Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Assotsiatsiya amalga oshirgan ishlar yuzasidan rahbariyat va viloyat bo‘limi boshliqlarining o‘tgan 5 yillik hisobotlari tinglandi.

2. Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Hasanov Laziz Saydivaliyevich nomzodi bir ovozdan qayta saylandi.

3. Viloyat bo‘limi rahbarlari va vitse-prezidentlar ham 5 yil muddatga saylanishdi.

4. Assotsiatsiyaning 2021 yilda rejalashtirilgan ishlari bilan tanishtirildi va bu borada viloyat bo‘limi rahbarlari, vitse-prezidentlarga ko‘rsatmalar berildi.

Ma'lumot uchun, Laziz Hasanov 32 yildan buyon taekvondo bilan shug‘ullanadi va murabbiylik qiladi. Murabbiy 2020 yil oktyabr oyida Xalqaro taekvondo ITF federatsiyasi tomonidan xalqaro toifadagi instruktor sertifikatini qabul qilib olgan va 7-DAN qora belbog‘ sohibiga aylangandi.

Top