20:58 / 07.01.2021
7163

Namanganda harbiy xizmatchilar uchun qurilgan ko‘p qavatli uylar tantanali ravishda ochildi

Namangan shahrining Yuksalish mahallasida harbiy xizmatchilarning oilalari uchun qurilgan uchta yangi turar joy binosi Vatan himoyachilari kuni arafasida foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Xonadonlarning 30 tasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilariga taqdim etildi. Yana 30 tadan xonadonga Milliy gvardiya va ichki ishlar tizimi vakillari ko‘chib kirishdi.

Milliy gvardiyaning Namangan viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchisi, mayor Azizjon Tursunov ham uch xonali xonadon sohibiga aylandi. U bungacha oilasi bilan ijarada yashab kelgandi. Xonadonning boshlang‘ich badali qo‘mondonlik tomonidan qoplab berilgan, qolgan qismi esa 20 yillik imtiyozli kredit asosida hisob-kitob qilinadi.

Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.Abdurazzoqov, Mudofaa vazirligining Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik L.Buzrukov, Milliy gvariya qo‘mondonining o‘rinbosari B.Abdullayev va jamoatchilik vakillari so‘zga chiqdi.

Viloyat hokimligi tomonidan bir qator xonadon egalariga televizor va boshqa ro‘zg‘or buyumlari sovg‘a qilindi.

Top