11:21 / 07.01.2021
4953

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasi bilan emlanganlar soni 1270 kishiga yetdi

O‘zbekistonda ZF 2001 vaksinasi sinovlari haqida navbatdagi kunlik ma'lumot berildi.

 Qayd etilishicha, 2021 yil 6 yanvar kuni holatiga koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlarida ishtirok etgan fuqarolar soni jami 1270 kishini tashkil etdi. 

Ularning hammasi ham vaksina bilan emlanmagan, ayrimlariga platsebo, ya'ni vaksina bilan bir xil ko‘rinishga ega, o‘zida nomzod vaksina yoki dori vositasini saqlamagan birikma yuboriladi. 

“Ushbu sinov ikki tomonlama noma'lum bo‘lganligi uchun na shifokor va na ko‘ngilli vaksina yoki platsebo olganini bilmaydi”, - deyiladi xabarda.  

6 yanvar kuni vaksina sinovlarida ishtirok etgan fuqarolarning soni 82 nafar ko‘ngillini tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, klinik sinovlar xitoylik mutaxassislar ishtirokida Toshkent shahridagi 3 ta poliklinikada o‘tkazilmoqda. Vaksina bilan 5000 nafar ko‘ngilli emlanishi rejalashtirilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top