22:50 / 07.01.2021
2602
Trampning Facebook va Instagram’dagi sahifalari noma'lum muddatga bloklab qo‘yildi

AQSh prezidenti Donald Trampning Facebook va Instagram’dagi sahifalari noma'lum muddatga, kamida prezidentlik muddati yakunlangungacha bloklab qo‘yildi. Bu haqda Facebook asoschisi Mark Tsukerberg ma'lum qildi.   

Foto: EPA-EFE/Chris Kleponis/POOL

Tsukerbergning ta'kidlashicha, “oxirgi 24 soat ichida AQShda yuz bergan karaxtga soluvchi voqealar” Tramp prezidentlik muddatining qolgan qismini saylangan prezident Jo Baydenga hokimiyatning tinch va qonuniy yo‘l bilan topshirilishiga putur yetkazish uchun qo‘llashi mumkinligini ko‘rsatdi.

“Fikrimizcha, agar biz prezidentga qolgan vaqt davomida (Jo Baydenning inauguratsiyasigacha) xizmatlarimizdan foydalanishiga ruxsat bersak, xavf darajasi yuqori bo‘ladi. Shu sababli biz uning Facebook va Instagram’dagi sahifalarining bloklanishini hokimiyatning tinch topshirilishi yakunlanmagungacha noma'lum muddatga, kamida 2 haftaga uzaytiramiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Tsukerberg. 

Avvalroq Trampning Facebook va Instagram’dagi sahifalari oxirgi sutkada prezidentning tarafdorlari ishtirokida Vashingtonda yuz bergan tartibsizliklar ortida 24 soatga bloklab qo‘yilgandi va ularda joylashtirgan videolari o‘chirib tashlangandi.

Top