09:05 / 09.01.2021
3421
Alfraganus: tayyor ijara biznesi bilan keng ko‘lamli savdo maydoni

Bizning Uylar Development kompaniyasi har qanday turdagi biznes uchun tayyor yechimlarni taklif etadi – Alfraganus keng ko‘lamli savdo va ko‘ngilochar mavzesidagi o‘ziga xos savdo joylari.

Alfraganus yangi savdo va ko‘ngilochar mavzesi uchun qulay va foydali joy sifatida poytaxtning Mirobod tumani tanlangan. Ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro mustaqil ekspertlar tomonidan olib borilgan tahlil va hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tuman yaxshi xarid qobiliyati, aholining zichligi va o‘rtachadan yuqori daromad darajasi bilan ajralib turadi.

Alfraganus savdo va ko‘ngilochar mavzesi markaziy avtomagistral Farg‘ona yo‘li ko‘chasi bo‘ylab joylashadi. Obektning yaqinida yangi turar joy majmualari, xususiy uy-joylar, jamoat joylari va shahar muassasalari, aeroport, temir yo‘l vokzali, markaziy kassalar, mehmonxonalar, madaniy obektlar kabi ko‘plab muassasalar mavjud. Savdo mavzesi ko‘plab savdo ko‘chalari bilan keng ko‘lamli obektni alohida zonalarga ajratib turadi. Alfraganus mavzesi shartli ravishda quyidagi savdo tarmoqlariga ajratiladi: oziq-ovqat va ichimliklar, kiyim-kechak va poyabzal, aksessuarlar, xizmatlar, dekor, elektronika, yirik do‘konlar va boshqalar. Har bir savdo maydoni me'moriy yechimi va tashqi fasad bezagi bilan bir-biridan ajralib turadi.

Joy egalari va ijarachilar o‘zlarining biznes ehtiyojlariga mos keladigan o‘z terrasasiga ega, vitrina oynali, istagan qavatdan, bizneslariga mos maydon va boshqa qo‘shimcha afzalliklarga ega joylarni tanlashlari mumkin.

Knight Frank xalqaro kompaniyasi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda, xususan, poytaxtda yuqori sifatli va funksional tijorat binolariga talab taklifdan bir necha baravar yuqori bo‘lib, bu holat barqaror o‘sish tendensiyasiga ega. Alfraganus savdo mavzesi nafaqat tijorat ko‘chmas mulkining yangi formati, balki ijara biznesini rivojlantirish uchun juda foydali maskandir. Aynan shu maqsadda Alfraganus Academy'ning maxsus tarkibiy bo‘limi yaratildi. Bu yerga ko‘chmas mulk bo‘yicha eng yaxshi mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilingan. Mazkur bo‘lim ijara biznesi bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy xizmatlarni taqdim etadi. Alfraganus Academy tadbirkorlarga ijarachisiga ega binolarni, ya'ni avval boshdan kafolatlangan barqaror daromadga ega biznesni taklif qilishi mumkin.

Sotuvlarning boshlanishi paytida doimo maksimal taklif va foydali narxlar taqdim etiladi. Ya'ni shu davrda maqbul narxlarda biznes egasiga aylanishingiz mumkin. Foydalanishga topshirilgunga qadar loyihaning kapitallashuvi 30 foizdan oshadi.

Alfraganus hududida o‘z biznesingiz uchun barcha imkoniyatlar haqida ma'lumotlarga ega bo‘ling va quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib kerakli ma'lumotlarni oling: +998 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top