20:00 / 09.01.2021
5359
Artel kompaniyasi 2020 yilda 80 million AQSh dollaridan ortiq mahsulot eksport qildi

Artel kompaniyasi 2020 yilda 80 mln AQSh dollaridan ortiq mablag‘ga maishiy texnika eksport qildi. 2020 yil eksport ko‘rsatkichlari 2019 yilga nisbatan yuqori.

Covid-19 pandemiyasi hayotimizning deyarli barcha sohalariga sezilarli zarar yetkazdi. Jahon iqtisodiyotida pasayish yuz berdi, jamg‘armalar esa 1987 yildan buyon bu qadar kuchli inqirozga uchramagan. Bundan tashqari dunyo bo‘ylab savdo-sotiq hajmi 5 foizga pasaydi. Global lokdaun yetkazgan zararni bartaraf etish uzoq muddatni talab qilishi aniqdir.

Vaziyat qiyin bo‘lishiga qaramay o‘tgan yilda Artel kompaniyasining eksport salohiyati yanada yuksaldi. Jumladan, 2020 yilda Artel maishiy texnikasining eksport hajmi 32 foizga o‘sdi. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda yarim avtomat kir yuvish mashinalari bozorida Artel kompaniyasi ulushi 50%, Tojikistonda esa 70% yetdi. Qozog‘iston Respublikasida oshxona plitalari bozorida Artel kompaniyasining ulushi 65% ga yetdi. Jami Artel 2020 yilda 80 million AQSh dollaridan ortiq mablag‘ga mahsulot eksport qildi. To‘liq tafsilotlar bilan quyidagi jadvallarda tanishib chiqishingiz mumkin.

Aytish joizki, Artel maishiy texnikasi sifatli va shu bilan birga hamyonbop bo‘lganligi sababli chet el bozorlarida yildan yilga ko‘proq xaridorlar hurmatini qozonmoqda. Masalan Rossiya, Ozarboyjon va Afg‘oniston davlatlarida Artel mahsulotlariga bo‘lgan talab muntazam o‘sib bormoqda. Shu sababli 2021 yilda Artel aynan shu davlatlarda bozor ulushini kengaytirishni rejalashtirgan. Bundan tashqari bugungi kunda Artel eksport geografiyasini Afrika davlatlarida kengaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Reklama huquqi asosida

Top