12:34 / 10.01.2021
2066
Biri futbolchi, biri shifokor bo‘lsam deydi... Oqqonga chalingan bolalar orzusi sarobmi?

Hayot sinovlardan iborat. Hammamiz sinovlarni boshdan kechirgan, kechirayotgan insonlarmiz. Lekin shunday sinovlar borki, ulardan asrashini so‘raymiz. Xalqimizda bir gap bor: “Otamlatsang otamlatgin, bo‘tamlatmagin”.

Toshkentdagi gematologiya shifoxonasida davolanayotgan bolalar va onalar shunday sinovni boshdan kechirishmoqda.

O‘g‘lim katta bo‘lsa futbolchi bo‘lmoqchi

Xorazmlik 9 yoshli Shohro‘z Arkabayevga bundan bir yil avval oqqon tashxisi qo‘yilgan. Ayni yugurib yuradigan yoshdagi bolakay kasallik sabab hali ham maktab ostonasiga qadam qo‘ymadi.

“O‘zim yolg‘izman, o‘g‘lim ham yolg‘izgina farzandim, yagona suyanchim. Shifokorlarning aytishicha, agar yaxshi qarasak, tuzalib ketishi mumkin ekan. Bir marta davolanishimizga 45 mln ketyapti. Hozirda moliyaviy ahvolimiz yaxshi emas. O‘g‘lim ulg‘ayib futbolchi bo‘lmoqchi, niyatlariga yetsin, ilohim”, – deydi onasi Dilrabo Ahmedova.

Shohro‘zbek Arkabayevga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 6519 7945 onasi Ahmedova Dilrabo nomida

Agrobank: 8600 0423 4987 7067 otasi Ahmedov Ruslan nomida

Sberbank: 5469 5500 6115 6862 O‘razmetov Umarbek nomida

Viza karta: 4790 9122 1067 1147 Ahmedova Dilorom nomida

Telefon: +998941171990 (onasi)

O‘g‘limning hamma qatori yashab qolishi uchun yordam bering

Javohir 2020 yilning yozida tishini oldiradi va qon to‘xtamay Buxorodagi gematologiya shifoxonasiga olib boriladi. U yerda qo‘yilgan oqqon tashxisi bilan davolanyapti.

Onasi Umidaning aytishicha, bir marotaba davolanishga 35–40 mln atrofida pul kerak bo‘lyapti.

“Farzandim shifokor bo‘lishni istaydi, o‘zim ham bolam tuzalib, kelajakda muhtojlarga yordam beradigan inson bo‘lishini juda xohlayman”, – deydi u.

Javohir Fozilovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0424 7739 7052 onasi Umida Uzoqova nomida

Sberbank: 5469 3800 7855 4523 otasi Fozil Rustamov nomida

Viza: 4108 5901 9612 2868 onasi Umida Uzoqova nomida

Telefon: +998914444600 onasi

Ayubxon ulg‘aysa avtosalon ochishni niyat qilgan

 

“Qo‘qon shahridan keldik. 2020 yilning iyun oylarida shu kasallikka chalinib qoldi. Bu yerga kelganimizda ahvoli juda og‘ir edi. Katta bo‘lsa shu kasalxonadagi bemorlarga yordam bermoqchi”, – deydi onasi Mukarram Ma'murova.

Ayubxon ulg‘aysa avtosalon direktori bo‘lmoqchi. Ammo ota-onasining yolg‘iz farzandi bo‘lgan bolakay tuzalmaguncha maktabga chiqolmaydi.

Ayubxon Maqsudovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 3081 6924 otasi Ma'murov Malikjon nomida

Sberbank: 4817 7602 9742 0139 qarindoshi Umarov Xurshid nomida

Viza: 4187 8000 0039 8669 otasi Ma'murov Malikjon nomida

Telefon: +998905893797 otasi

Uch farzandim uchun yashasam deyman...

 

3 farzandning onasi Fotima Eshmatovaning o‘zi bu mash'um kasallikni boshdan kechirmoqda. 33 yoshli ayol shu sabab ko‘p umrini farzandlaridan olisda, shifoxonalarda o‘tkazmoqda. Shifokorlarning aytishicha, uning tuzalishiga oz qolgan. Faqat yaxshi davolanishi kerak.

“Shu bolalarim uchun yashashni xohlayman. Yaxshi insonlardan yordam so‘rayman. Boshqa gapirolmayman”, – deya yig‘laydi ayol.

Fotima Eshmatovaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0423 3383 2268 otasi Eshmatov G‘ofurjon nomida

Sberbank: 5469 6000 2595 9545 qarindoshi Ilhomjon Jo‘rayev nomida

Viza: 4278 3100 2024 6914 otasi Eshmatov G‘ofurjon nomida

Telefon: +998944432288 otasi

Azizlar! Biz ko‘pchilikmiz. Oz-ozdan qilgan ehsonimiz ham muhtojlar mushkulini oson qiladi, dillarini yayratadi. O‘zimiz esa oxiratga zaxira qilamiz.

Gulmira Toshniyozova,
tasvirchi Doniyor Yakubov.

 
Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top