09:00 / 11.01.2021
1767
Boulevard Business Center – yuqori sifatli savdo va ofis joylariga ega markaz

Dream City Development kompaniyasi Tashkent City'dagi universal biznes maydonining konsepsiyasi haqida ma'lumot beradi.

Boulevard biznes markazi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan bo‘lib, ofis va tijorat maydoni uchun zamonaviy yechimlar namunasidir. Boulevard Business Center poytaxtning geografik markazida joylashganligi va yuqori toifadagi ko‘chmas mulk parametrlarini birlashtirgan holda, tadbirkorlar uchun alohida imkoniyat beradi.

Eksklyuziv konsepsiya

O‘ziga xos fasad va loyiha Boulevard Business Center binosini boshqa inshootlardan alohida ajratib turadi. Ikki qavatli markaz 14 ta savdo va 16 ta ofis binosiga ega. Ikkinchi qavatda Tashkent City parkiga qaragan keng terrasa mavjud. Bu mehmonlar va shu yerda ishlaydigan xodimlar uchun dam olish maskaniga aylanadi.

Yuqori sifat standartlari

Boulevard biznes markazi zamonaviy muhandislik tizimlari va aloqa tarmoqlariga qo‘yiladigan yuqori xalqaro talablarga muvofiq jihozlangan. Yuqori sifatli Shveytsariya Shindler liftlari mehmonlarni yer osti avtoturargohidan kerakli qavatga olib chiqadi.

Joylarning shift balandligi 5 dan 7 metrgachani tashkil etadi, bu tijorat ko‘chmas mulki obektlari orasida alohida parametrdir.

Daromadli sarmoyalar

Ko‘chmas mulk – bu xavfsiz investitsiya variantlaridan biridir. Nufuzli joyda joylashgan yuqori sifatli tijorat ko‘chmas mulki hisoblangan – Boulevard Business Center bu barqaror daromad keltiradigan istiqbolli sarmoyadir.

Siz Dream City Development sotuv ofisiga tashrif buyurib Tashkent City hududidagi zamonaviy Boulevard biznes markazidan eksklyuziv maydonni tanlashingiz mumkin.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Top