11:59 / 11.01.2021
4965

«Hamma ham bolam deydi». 7 yoshli Lazokatga yurak operatsiyasi uchun moddiy yordam zarur

Toshkent tumanida tug‘ilgan Lazokat Asralova 7 yoshda. Qizaloq yurak porogi bilan og‘rigan. 3 yoshida operatsiya qilingan, ammo jarrohlik amaliyotidan 10 kun o‘tib yiqilib tushadi. Oqibatda uning yuragida yana teshikcha paydo bo‘la boshlaydi. Yoshi ulg‘aygan sari bu teshikcha kattalashmoqda.

Shifokorlar qizaloq yuragini yana bir bor operatsiya qilish kerakligini aytishgan. Ayni paytda qizaloq kamquvvat bo‘lib, sog‘ligi yomonlashmoqda.

Qizchaning onasi Malika Ahrorova oilada operatsiya uchun moddiy mablag‘ yetishmayotgani, ular saxovatli insonlar ko‘magiga muhtoj ekanini bildirdi.

«Qizim Lazokat Asralova yurak tug‘ma porogi bilan og‘rigan. 3 yoshida operatsiya qildirganmiz. Undan 10 kun o‘tib yiqilib tushgan. Endi yuragida yana teshikcha paydo bo‘lib qoldi. Hozir u teshikcha ochilib bormoqda. Shifokorlar yana operatsiya qilish kerak deyishyapti. Bu operatsiyaga 50-60 million so‘m mablag‘ so‘rashyapti. Bizda bunaqa mablag‘ yo‘qligi uchun yordam so‘rab murojaat qilyapmiz. Hamma baribir farzandim deydi.

Sizlardan iltimos iloji bo‘lsa, yordam bersanglar. Hayotimni qizimsiz tasavvur qila olmayman. Bu operatsiya bola katta bo‘lgunicha qildirilishi kerak ekan. Sizlarning yordamingiz bilan sog‘ayib ketsa, hammangiz uchun duoda bo‘lardik», deydi qizaloqning onasi.

Lazokat Asralovaga oid ma'lumotlar:

  • Uzcard: 8600 0417 7122 6298 (onasi Malika Ahrorova nomida)
  • Humo: 9860 0301 0166 4107
  • Viza karta: 4187 8000 0009 02189
  • Sberbank: 4276 3801 3169 9956 Doniyor Axtanboyev nomida
  • Telefon: +(97) 157 36 96 (onasi)

Abror Zohidov, Islombek Umaraliyev,

tasvirchi Asadbek Allanazarov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top