13:20 / 11.01.2021
29333
O‘zbekiston hududiga Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi kutilyapti 

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ochiq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni havo harorati 7-12 daraja iliq bo‘ladi, bu me'yordan 4-5 darajaga yuqoridir. Respublika bo‘yicha iliq havo massalari kirib kelishida ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududlarining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba'zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

13 yanvarda havo massalarining kirib kelish fronti sharqqa qarab siljiydi, kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba'zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me'yorlardan kam bo‘ladi. 14 yanvarda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

15 yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliq, ba'zi joylarda ayniqsa sovuq kuchli bo‘ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuq, kunduzi 10-15 daraja issiq bo‘ladi, bu me'yordan 5-7 darajaga yuqoridir.

Butun ish haftasi davomida respublikaning ba'zi joylarida tumanlar kuzatiladi.

Top