21:51 / 12.01.2021
41098
Kattaqo‘rg‘onda bir oilaning yoppa zaharlanishi tufayli voyaga yetmagan uch farzand nobud bo‘ldi

Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, «Go‘zal» MFY, Qozoqovul qishlog‘ida bir oilaning besh nafar a'zosi kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan zaharlanish oqibatida jabrlangan, oilaning uch farzandi vafot etgan. 

Samarqand viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, noma'lum etiologiyali zaharlanish bilan zararlangan oilaning voyaga yetmagan uch nafar a'zosi — ikki nafar qiz, bir nafar o‘g‘il bola voqea sodir bo‘lgan paytda vafot etgan. Oila boshliqlarining ahvoli esa og‘ir.

Vafot etgan farzandlar S.P. (o‘g‘il bola, 8 yosh), M.P. (qiz bola, 4 yosh), Sh.P. (qiz bola, 2 yoshga to‘lmagan). Og‘ir ahvolda qolayotgan oila boshlig‘i D.J. 34 yoshda, oila bekasi S.J. 28 yoshda. 

Qayd etilishicha, hozirda tegishli organlar tomonidan holat bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Barcha tafsilotlar ochiqlangach, qo‘shimcha ma'lumotlar beriladi.

Top