10:00 / 12.01.2021
2468
Maktabdagi qoniqarsiz issiqlik tizimi haqida xabar berish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratildi

Joriy yilning 11 yanvar kuni barcha maktablarda III chorak boshlandi, deb xabar qilmoqda Xalq ta'limi vazirligi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga qishki mavsumda barcha maktablarning issiqlik tizimi barqaror ishlashi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan, shuning uchun agarda joylarda muammolar bo‘lsa hududiy shtablar orqali operativ ravishda choralar ko‘rib borilmoqda.

Mazkur masalada Xalq ta'limi vazirligining hududlardagi shtablari tashkil etilgan bo‘lib, ularga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 61 222-95-13;
  • Andijon viloyati: 74 228-26-27;
  • Buxoro viloyati: 95 600-34-35;
  • Jizzax viloyati: 72 222-08-68; 
  • Qashqadaryo viloyati: 75 223-41-19;
  • Navoiy viloyati: 79 220-61-82;
  • Namangan viloyati: 69 232-61-15;
  • Samarqand viloyati: 66 238-88-10; 
  • Surxondaryo viloyati: 76 227-35-55; 
  • Sirdaryo viloyati: 67 225-4017; 
  • Toshkent viloyati: 71 231-65-73; 
  • Farg‘ona viloyati: 73 244-31-19; 
  • Xorazm viloyati: 62 228-11-52;
  • Toshkent shahri: 71 237-08-01.

«Agar siz hududlardagi shtablarga murojaat qilgan bo‘lsangiz, ammo hali xam maktabingizda issiqlik tizimi ishlashi bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, Xalq ta'limi vazirligining (71) 202 09 09 raqamli murojaatlar markaziga murojaat qilishingiz ham mumkinligini ma'lum qilamiz», — deyiladi ma'lumotda. 

Ta'kidlanishicha, murojaatlarni respublika kuz-qish shtabi hamda hududiy shtablar bilan hamkorlikda hal etish choralari ko‘riladi.

Top