20:54 / 12.01.2021
4739
O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq kishiga ID-karta rasmiylashtirib berildi

O‘zbekistonda 2021 yil boshidan beri 16 ming 471 kishi ID-karta olishga ulgurgan. Bu haqda IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Murodbekov ma'lum qildi.

«2021 yil boshidan 12 yanvar sanasiga qadar 16 ming 471 nafar O‘zbekiston fuqarolariga, 62 nafar respublika hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolariga, 21 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ID-karta rasmiylashtirib berilgan», dedi vazirlik rasmiysi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va olish tartibiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

Ma'lumot uchun, ID-kartalar yangi tug‘ilgan bolaga – ikki yil muddatga, bir yoshdan 16 yoshgacha – 5 yil muddatga, 16 yosh va undan katta fuqarolarga – 10 yil muddatga beriladi.

Mavzuga doir:

Top