09:52 / 12.01.2021
7438
Respublikachilar Trampning hokimiyatdan “darhol” chetlatilishiga to‘siq qo‘yishdi
Foto: Reuters

AQShning Respublikachilar partiyasi a'zolari AQSh prezidenti Donald Trampni konstitutsiyaga 25-tuzatma bilan o‘z lavozimidan chetlatish haqidagi qonun loyihasiga to‘siq qo‘yishdi.  

AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi demokratlar 12 yanvarda qonun loyihasini ovoz berishga qo‘yishlarini ma'lum qilgan.   

Demokratlarning ta'kidlashicha, ularda Trampning impichmenti haqidagi qonun loyihasini qabul qilish uchun ovozlar yetmayapti. Vakillar palatasi a'zosi Devid Chichilline demokratlar bu masalada respublikachilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishlariga umid qilayotganini aytgan.

Trampga impichment e'lon qilingudek bo‘lsa, u AQSh prezidenti saylovlarida boshqa ishtirok eta olmaydi. 

“Fikrimcha, prezident o‘z lavozimidan darhol chetlatilishi lozim”, deb aytgan Chichilline va Tramp hokimiyatda qolar ekan, katta xavf solishini aytgan.  

Avvalroq AQSh kongressiga Trampning impichmenti haqidagi rezolyutsiya kiritilgandi. Unda Trampga yagona ayblov – isyon ko‘tarishga chaqirish ayblovi qo‘yilmoqda. 

Top