14:17 / 12.01.2021
5587

Xitoyda bir kishida koronavirus aniqlangani sababli butun shahar karantinga olindi

Avvalroq hukumat Xebey provinsiyasidagi Shitszyachjuan va Sintay shaharlarida yashovchi aholini bir hafta davomida uylaridan chiqmaslikka chaqirgandi.

Xitoyning Lanfan shahrida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq bitta holat aniqlandi. Natijada butun shahar aholisiga bir hafta uyida o‘tirish tavsiya qilindi.

Shahar meriyasining xabar berishicha, aholi 12 yanvardan 14 yanvargacha koronavirusga bepul tekshiruvdan o‘tkaziladi.

 Aholiga zaruratsiz to‘planmaslik va yetti kun davomida uylarida qolish tavsiya qilindi.

Lanfan Xebey provinsiyasidagi koronavirus sababli cheklovlar joriy etilgan uchinchi shahardir. 

Avvalroq hukumat Xebey provinsiyasidagi Shitszyachjuan va Sintay shaharlarida yashovchi aholini bir hafta davomida uylaridan chiqmaslikka chaqirgandi. Bu shaharlarda bir hafta ichida koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 350ga yaqin holat aniqlangan bo‘lib, bundan 200ga yaqini simptomsiz bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top