12:27 / 13.01.2021
11459

Bektemir tumanida Toyota Land Cruiser beton to‘siqqa urildi

Joriy yilning 12 yanvar kuni soat 21:35larda Bektemir tumanidagi “Sharq” YPX posti yaqinida Qirg‘iziston fuqarosi, 32 yoshli S.A. Toyota Land Cruiser avtomobili boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli B.R. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgan, so‘ng beton to‘siqqa urilgan.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTHning sababi - Toyota Land Cruiser haydovchisi rulda uxlab qolgan.

YTH natijasida yo‘lovchi, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli G.A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.

“Hurmatli haydovchilar! Yo‘lga chiqishdan avval, shuningdek, transport vositasini boshqarayotganda doimo o‘z holatingizni obektiv va tanqidiy baholang. Siz kasallik tufayli holsizlik sezsangiz yoki uyqu kelsa o‘zingiz va yo‘l harakati qatnashchilarining sog‘lig‘i hamda hayotini asrash, shuningdek, mulkka shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida rulga o‘tirmang, boshqaruvni to‘xtating”, - deyiladi IIBB ma'lumotida.

Mavzuga oid
Top