18:23 / 13.01.2021
7248

JSST koronavirusning yangi shtammlari paydo bo‘lishidan ogohlantirdi

Janubiy Afrika shtammi 20ta davlatda qayd etilgan, Yaponiyada koronavirusning uchinchi turi tarqalgan.

Foto: Matthew Horwood/Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning yana yangi turlari paydo bo‘lishidan ogohlantirdi.

 "SARS-CoV-2 qanchalik keng tarqalsa, uning o‘zgarish imkoniyatlari shunchalik ko‘payadi. Tarqalishning yuqori darajasi uning yangi turlari paydo bo‘lishini kutishimiz kerakligini bildiradi", - deyiladi JSST xabarida.

 Ma'lumotlarga ko‘ra, koronavirusning Britaniyada aniqlangan shtammi yana 50ta mamlakatda qayd etilgan.

 Shu bilan birga, Janubiy Afrika shtammi 20ta davlatda qayd etilgan bo‘lsa, Yaponiyada koronavirusning uchinchi turi tarqalgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo‘yicha 92 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 2 millionga yaqin kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top