18:03 / 13.01.2021
26273

Qishloq xo‘jaligi vazirining ikki o‘rinbosari lavozimini tark etdi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarlari Saidkamol Xo‘jayev va Botirjon Sulaymonov lavozimidan ozod etildi.

Vazirning oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari buyicha o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etdi.

Saidkamol Xo‘jayev / Foto: Xalqaro press-klub

U 2018 yil iyulida vazir o‘rinbosari etib tayinlangan, bungacha Agrobank boshqaruv raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga, vazir o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta'minoti  ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori sifatida ishlab kelgan Botirjon Sulaymonov ham lavozimini tark etdi.

Botirjon Sulaymonov / Foto: Toshkent davlat agrar universiteti rektori

Eslatib o‘tamiz, Botirjon Sulaymonov bir necha yildan buyon Toshkent davlat agrar universiteti rektori lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Top