16:03 / 14.01.2021
9068

O‘zbekistonda eng ko‘p qurilish kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan hududlar ro‘yxati ochiqlandi

2021 yilning 1 yanvar  holatiga ko‘ra, eng ko‘p qurilish korxonalari Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyati egallagan.

Davlat Statistika qo‘mitasi tomonidan qurilish korxonalarining respublika bo‘ylab umumiy miqdori va hududlar kesimidagi soni e'lon qilindi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 yanvar  holatida respublikada jami 40 ming 450ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4 ming 751taga ko‘p.

Faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalarining hududlar kesimidagi soni quyidagicha aks etgan:

  • Toshkent shahri – 7907 ta;
  • Toshkent viloyati – 3577 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 3289 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 3236 ta;
  • Samarqand viloyati – 3079 ta;
  • Andijon viloyati – 3071 ta;
  • Buxoro viloyati – 2738 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 2486 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2325 ta;
  • Namangan viloyati – 2271 ta;
  • Jizzax viloyati – 2027 ta;
  • Xorazm viloyati – 1903 ta;
  • Navoiy viloyati – 1560 ta;

2019 yil 7 may kuni qabul qilingan «Qurilish sohasidagi ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi Vazirlar Mahkamasining qarorida qurilish firmasi ochish bo‘yicha batafsil ma'lumot berilgan.

Ma'lumot uchun, 2020 yilda 6 ming 22ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.

Top