19:50 / 14.01.2021
2463
«Real» Luka Yovichni «Ayntraxt»ga ijaraga berdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Luka Yovich sobiq klubiga qaytadigan bo‘ldi.

«Real» rasmiy sayti xabariga ko‘ra, serbiyalik forvard mavsum yakuniga qadar «Ayntraxt» Frankfurt klubiga ijaraga berilgan. 

Luka Yovich 2019 yilning yozida «Ayntraxt»dan «Real»ga o‘tgandi. O‘shanda ispan klubi serbiyalik hujumchi uchun Germaniya klubiga 60 million yevro transfer puli to‘lagan.

Ma'lumot uchun, Yovich joriy mavsumda La Liga doirasida bor yo‘g‘i 4 o‘yinda maydonga tushib, samaradorlik ko‘rsatmagan.

Top