14:00 / 15.01.2021
16953

Dam olish kunlari juda iliq ob-havo kutilyapti

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi. Bunday vaziyatda Eron hududlaridan juda quruq va iliq havo kirib kelishi kutilmoqda.

Foto: KUN.UZ

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, janubda 22 daraja iliq, kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Havo harorati iqlim me'yoridan 10-12 darajaga yuqori bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib keladi, buning natijasida bulutlilik zichlashadi va kunduz kuni havo harorati 13-16 daraja iliqqacha pasayadi, kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat ham iqlim me'yorlaridan 5-7 darajaga yuqoridir.

Shu kunlarda O‘zbekistonning tog‘li hududlari bo‘yicha qor ko‘chishi xavfi e'lon qilindi.

«Biroq, bu issiq hali bahor emas. Keyingi haftada yana sovuq bo‘ladi», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top