22:19 / 15.01.2021
3833
Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshdi

Dunyoda pandemiya boshidan beri koronavirusdan vafot etganlar soni 2 mlndan, kasallanganlar soni esa 93,5 mlndan oshdi.

Foto: Andrew Kelly / Reuters

Worldometer sayti ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh virusdan kasallanishlar va o‘limlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda. Mamlakatda pandemiya oqibatida 23,8 mlndan ko‘proq kishi kasallangan, deyarli 400 ming kishi vafot etgan. Shu bilan birga, 14,1 mlndan ko‘proq odam sog‘ayib ketgan. 

Kasallanishlar soni bo‘yicha 2-o‘rinni Hindiston egallamoqda. Ushbu mamlakatda 10,5 mlndan ko‘proq kishi kasallangan, ulardan 151 mingdan ko‘prog‘i vafot etgan. Shu bilan birga, Hindistonda kasallikdan sog‘ayish darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda: mamlakatda 10 mlndan ko‘proq kishi shifo topgan.  

Kasallanishlar soni bo‘yicha 3-o‘rinni Braziliya egallab, Lotin Amerikasi davlatida 8,3 mlndan ko‘proq kasallanish qayd qilingan, vafot etganlar soni 207 mingdan oshgan. Braziliyada ham sog‘ayish darajasi yuqori bo‘lib, 7,3 mln kishi virusdan forig‘ bo‘lgan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusdan o‘lim darajasi bir million aholiga 256,9tani tashkil qilmoqda.

Avvalroq JSSTda pandemiyaning ikkinchi yili birinchisiga ko‘ra og‘irroq kechishi mumkinligi aytilgandi. Tashkilotda ta'kidlanishicha, dunyoda virusga chalinish darajasi yana eng yuqori darajaga yetgan va shu sababli prognozlar tasalli beradigan emas.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top