16:00 / 15.01.2021
4011
"Oq Qora design" – oddiylik, aniqlik va funksionallikka asoslangan dizayn jarayonlari

Brendingizning taniqliligi pastmi?

Yangi mijozlarni jalb qilishda muammolarga duch kelyapsizmi?

Nima uchun biznes dizaynga muhtoj?

Berilgan savollarning yechimidan biri bu biznesning dizayni. Dizayn kompaniyalarga foyda keltirishi uchun yordam beradi. Yaqinda McKinsey konsalting kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni isbotlamoqda. Besh yil davomida mutaxassislar 300 ta kompaniyadan ma'lumotlarni to‘plashdi va dizayndagi sarmoyalar darajasi va biznesning moliyaviy muvaffaqiyati o‘rtasida sezilarli ijobiy bog‘liqlikni aniqladilar. Buning sababi shundaki, dizayn biznes va marketingdagi turli xil ko‘rsatkichlarga sezilarli ta'sir qiladi.

Yaxshi dizayn:

  • Iste'molchilarga yo‘naltirilgan bo‘lishi. Yaxshi dizayn iste'molchining ehtiyojlarini qondiradi;
  • Muayyan muammoni hal qilishi. Har bir detal o‘z vazifasini bajarishi kerak va shunchaki mavjud bo‘lmasligi kerak;
  • Esda qolarli bo‘lishi. Aynan shu tovar yoki xizmat xabardorligini va natijada unga sodiqlikni kuchaytiradi;
  • Tendensiyalarga muvofiq bo‘lishi. Agar dizayn zamonaviy tendensiyalarga javob bersa va eng yangi texnologiyalardan foydalanilsa, u iste'molchini o‘ziga jalb qiladi;
  • Tartibsiz bo‘lmasligi. Kichkina detallarni bitta mexanizmga birlashtirish - bu dizayn vazifasi;
  • Ergonomik bo‘lishi. Yaxshi dizayn iste'molchi bilan o‘zaro aloqani sodda va tushunarli qilishga qaratilgan.

Bularning barchasi asosida bizning "Oq Qora" dizayn studiyamiz sizning muammoingizga yechim topishda va yaxshi dizayn yaratishda yordam beradi, bu esa sotuv va foyda ko‘payishiga, yangi mijozlar sonining ortishiga olib keladi.

Biz barcha vazifalarni hal etishga mas'uliyat bilan yondashadigan va maksimal natijalarga erishishga qaratilgan ekspert va mutaxassislardan iborat guruhmiz.

Brending, internet reklama va veb-mahsulotlar yaratamiz, brendni real hayotga o‘tishga tayyorlaymiz, e'tiborni jalb qilishda, o‘sishda, rivojlanishda va bir qadam oldinda bo‘lishda yordam beramiz.

Bizga  hoziroq qo‘ng‘iroq qiling yoki yozing va bizning ishimiz natijasida siz quyidagilarni olasiz:

  • savdo hajmini oshirishga yordam beradigan to‘liq qadoqlangan biznes;
  • biznes dizaynining tashqi elementlari: logotip, veb-sayt, kataloglar, risolalar, tijorat takliflari va boshqa materiallar;
  • korporativ identifikatsiyalangan brandbook.

O‘rtacha dizayni bilan mashhur taniqli brend yoki mahsulot deyarli yo‘q. Bu dizaynga mas'uliyatli yondashish sarmoyani oqlashi va kompaniyalarga nafaqat moliyaviy muvaffaqiyat, balki taniqlilik ham olib kelayotganligining asosiy dalilidir.

Biz bilan aloqa:

Telefon: +998 (91) 679-09-33

Elektron pochta: oqqora.uz@gmail.com

Telegram: @oqqoradesign

Instagram: @oqqora.design

Reklama huquqi asosida

Top