17:58 / 15.01.2021
13661
Prezident Yunusobod tumanidagi mahallaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi «Yangibog‘» mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bu yerda 7 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 2 mingdan ziyod oila mavjud. Yangi qurilgan mahalla guzari binosida keng sharoitlar yaratilgan.

Shu yerda Yunusobod tumanidagi mahallalar faollari bilan muloqot bo‘ldi.

– Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Mahallaning iqtisodiyotini o‘zgartirsak, jamiyatimiz o‘zgaradi. Buning uchun yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, «Har bir oila – tadbirkor» dasturidan samarali foydalanish kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ko‘p qavatli uylarga sifatli xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari tashkil etish, ichki yo‘llarni ta'mirlash, maishiy xizmatlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Top