08:28 / 15.01.2021
41963
Sirdaryo viloyati hokimi aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirdi

2021 yil 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlar orqali Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv omborining yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqaldi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

Bu xabar toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqan holatlar ham bo‘ldi.

Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, bundan xabar topgan viloyat hokimi tumanlarga yetib borgan. 

G‘ofurjon Mirzayev bu kabi xabar tarqalishiga hech qanday asoslar mavjud emasligini bildirdi. Hokim aholini yolg‘on mish-mishlarga ishonmaslikka va sarosimaga tushmaslikka chaqirdi.

Top