12:00 / 16.01.2021
3637
Artel kompaniyasi EMBRAS 2020 xalqaro tanlovida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi

15 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Central Asia Employer Brand Award - EMBRAS 2020 tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Artel kompaniyasi “Ezgu amallar” va “Biznes-natija” yo‘nalishlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Employer Brand Award – ish beruvchi brendi va HR sohasida o‘tkaziluvchi muhim tanlov hisoblanadi. Tanlov maqsadi O‘rta Osiyoda eng ilg‘or va xodimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan korxonalarni taqdirlash. Ushbu tanlovda ham mahalliy, ham chet el korxonalari ishtirok etishdi. Tadbirning asosiy qatnashchilari kompaniya egalari, top-menejyerlar va HR bo‘limi boshliqlari.

Artel kompaniyasi “Ezgu amallar” yo‘nalishida birinchi o‘rinni, “Biznes-natija” sohasida esa uchinchi o‘rinni egalladi. “Ezgu amallar” yo‘nalishida xodimlarni faol jalb qilgan holda ijtimoiy loyihalarni va xayriya tadbirlarini tashkil etgan korxonalar taqdirlandi. “Biznes-natija” yo‘nalishida esa biznes rivojiga ijobiy ta'sir ko‘rsatgan loyihalarni tashkil etgan va investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirgan korxonalar mukofotlanadi.

Artel kompaniyasi xalqaro korxonalar kabi xodimlarni rivojlantirish, ishchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, inson kapitaliga investitsiya kiritish va korporativ madaniyatni yuksaltirish yo‘lida ish olib bormoqda. Artel kompaniyasi HR bo‘limi xodimlarni boshqarish, ya'ni rekrutment, yangi xodimlarning ishga ko‘nikishiga ko‘maklashish, rag‘batlantirish, malaka oshirish va rivojlantirish kabi vositalardan unumli foydalanadi. Shu sababli Artel HR sohasida o‘tkaziluvchi O‘rta Osiyoning eng nufuzli tanlovlaridan birida g‘alaba qozongani tabiiydir.

Aytish lozimki, Artel kompaniyasida kadrlar tizimini rivojlantirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Kelajakda Artel xalqaro darajaga ko‘tarilishni va xalqaro kompaniyalar orasida munosib joy egallashni rejalashtirgan.

Reklama huquqi asosida

Top