21:57 / 16.01.2021
4731

Avstriya poytaxtida o‘n minglab kishilar koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishga chiqdi

Avstriya hukumati sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan maslahatlashganidan so‘ng 24 yanvardan keyin karantin yana ikki-uch haftaga uzaytirilishi kerak degan xulosaga keldi.

Foto: Reuters

Vena shahrida koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Namoyish tashkilotchilarining ma'lumot berishicha, unda 50 mingga yaqin kishi qatnashdi, deb xabar bermoqda Avstriya matbuot agentligi.

Xabarda aytilishicha, namoyishchilar qat'iy lokdaun va tibbiy niqob taqishga qarshi chiqishgan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari shahar markazidagi Heldenplats maydonida to‘plangan, so‘ngra Vena halqa ko‘chasi bo‘ylab yurish o‘tkazgan.

Koronavirus cheklovlariga qarshi chiqayotganlar miting o‘tkazish qoidalarida ko‘zda tutilgan talablarga bo‘ysunmagan – ular  ijtimoiy masofaga rioya qilmagan hamda tibbiy niqob taqmagan.

Avstriya hukumati sog‘liqni saqlash sohasidagi yetakchi ekspertlar bilan maslahatlashganidan so‘ng 24 yanvardan keyin karantin yana ikki-uch haftaga uzaytirilishi kerak degan xulosaga keldi.

Mamlakatda o‘tgan yilning 26 dekabridan 2021 yilning 24 yanvarigacha uchinchi qat'iy lokdaun e'lon qilingan. Unga ko‘ra, savdo markazlari, madaniyat muassasalari, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish obektlari yopib qo‘yilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top