19:29 / 16.01.2021
5400
Bayden inauguratsiyasi oldidan Vashington markazi to‘silmoqda

 Marosim arafasida shaharda nazorat-o‘tkazish punktlari ish boshlaydi. Maxsus xizmatlar Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga yana hujum qilishidan xavfsiramoqda.

Foto: REUTERS/Eduardo Munoz

 AQShning saylangan prezidenti Jo Baydenning inauguratsiya marosimi oldidan Vashingtonda xavfsizlik perimetri barpo etiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xususan, marosim arafasida shaharda nazorat-o‘tkazish punktlari ish boshlaydi. Maxsus xizmatlar Donald Tramp tarafdorlari Kapitoliyga yana hujum qilishidan xavfsiramoqda.

 Milliy parklar xizmatining xabar berishicha, Milliy alleya va Vashingtondagi diqqatga sazovor maskanlar tashrif buyuruvchilar uchun 21 yanvargacha yopiladi.

"Biz o‘tgan haftada Qo‘shma Shtatlar va butun dunyo guvoh bo‘lgan tartibsizliklar va noqonuniy harakatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", - deb ta'kidladi maxfiy xizmatning Vashington bo‘yicha rahbari Metyu Miller.

Eslatib o‘tamiz, 6 yanvarda Tramp tarafdorlari uning saylovlar natijalarini hech qachon tan olmasligi haqidagi so‘zlaridan keyin Vashingtondagi kongress binosi – Kapitoliyga bostirib kirishdi. Bu vaqtda u yerda prezident saylovlari natijalarini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tayotgandi. Kapitoliyning ishg‘ol qilinishi vaqtida 4 kishi halok bo‘lgan.

Top