13:59 / 16.01.2021
5601
O‘zbekistonda «QuWatt» brendi ostida AI-95 benzinini ishlab chiqarish boshlandi

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida «QuWatt» brendi ostida avtobenzin va dizel yonilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

«BASF SE nemis kompaniyasi bilan hamkorlik asosida «QuWatt» brendi ostida AI-95 avtobenzini ishlab chiqarish boshlangan. Bundan maqsad raqobatbardosh mahsulotni yaratishdir.

«QuWatt» AI-95 avtobenzinining afzalliklari dvigatelning toza holda saqlab qolinishi, avtomobil dvigateli quvvatini oshirish va yonilg‘iini 3 foizgacha tejash, qishki mavsumda ham dvigatelning uzilishsiz ishlashini ta'minlash, dvigatelda korroziya hosil bo‘lishining oldini olish kabilardan iborat», deyiladi kompaniya axborot xizmati xabarida.

Bildirilishicha, 2021 yilning birinchi o‘n kunligida 480 tonna AI-95 markali avtobenzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, respublika tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilinmoqda. 

Top