23:52 / 17.01.2021
10011
Isroilda koronavirusga qarshi emlashdan keyin 13 kishining yuzi falajlandi
Foto: Flash90

Isroilda koronavirusga qarshi emlangan 13 kishining yuzi falajlandi. Bu haqda The Jerusalem Post nashri ma'lum qildi. Biroq jabrlanuvchilar qanday vaksina bilan emlangani ma'lum qilinmagan.  

Yuz falajlanishi yuz nervining vaqtinchalik yoki doimiy disfunksiyasi bo‘lib, bunday falajlanish yuz mushak tonusi yo‘qolishiga olib keladi. 

“Bu holat vaksina bilan bog‘liqligi yoki yo‘qligini hech kim bilmaydi. Shu sababli men birinchi dozadan keyin falajlanganlarga ikkinchi dozani kiritmadim”, deb aytgan isroillik infeksionist Galii Raxav.

Isroilda ayni vaqtda ikkita vaksina – Moderna va Pfizer/BioNTech kompaniyalarining vaksinalari qo‘llash uchun ma'qullangan. Mamlakatda emlash 20 dekabrdan boshlangan va uning doirasida birinchi bo‘lib tibbiy xodimlar emlangan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top