08:05 / 17.01.2021
12187

Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

Qamchiq dovonida Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi.

YHXBB ma'lumotiga ko‘ra, 16 yanvar kuni soat 15:50larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 252-kilometrida, haydovchi, 1985 yilda tug‘ilgan S.S. boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomobilining dvigatel qismida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Pop tumani IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Mavzuga oid
Top