04:06 / 18.01.2021
8069
«Atletik» «Barselona» ustidan irodali g‘alabaga erishib, Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Foto: Marca

Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» «Atletik» bilan bahs yuritib, alamli mag‘lubiyatga uchradi. 

Kataloniyaliklar Grizmanning dubli evaziga ikki bor hisobda oldinga chiqib olishdi, ammo Bilbao klubi har safar iroda ko‘rsatib muvozanatni tikladi. Qo‘shimcha bo‘limda esa Uilyamsning supergoli basklarga o‘z tarixida 3-bor ushbu sovrinni keltirdi. 
«Barselona» sardori Lionel Messi o‘yin so‘ngida asabini jilovlay olmadi va raqibining yuziga urgani uchun chetlatildi. 

Eslatib o‘tamiz, Marselino Toral jamoasi yarimfinalda «Real»ni (2:1) turnirdan chiqarib yuborgandi.

Ispaniya Superkubogi. Final

Barselona — Atletik B 2:3
17 yanvar, «La-Kartuxa»
Gollar: Grizmann (40, 77) — de Markos (42), Vilyalibre (90),  Uilyams (93).
Barselona – ter Stegen, Dest (Mingesa, 46), Arauxo, Langle (Trinkau, 105), Alba, de Yong, Buskets (Puch, 97), Pedri (Pyanich, 88), Dembele (Breytueyt, 88), Messi, Grizmann. 
Atletik – Unai Simon, Balensiaga (Lekue, 83), Yyeray Alvares, Martines (Nunes, 95), De Markos, Raul Garsiya (Vilyalibre, 83), Dani Garsiya, Muniain, Vensedor (Vesga, 81), Kapa (Berenger, 81), Uilyams (Morsilo, 105).
Ogohlantirishlar: Langle (11), Dani Garsiya (67), Vilyalibre (109), Morsilo (110), Alba (114).
Chetlatish: Messi (120).

Top