12:54 / 18.01.2021
12315

Bulung‘urda bog‘cha mudirasi tarbiyalanuvchilardan birini boshqa bolalar oldida urgan. Holatni tuman prokuraturasi tekshirmoqda

17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi bog‘cha tarbiyalanuvchisining yuziga va qo‘liga urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoga bildirilgan izohlarda mazkur holat Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli MTTda tasvirga olingani aytilgan. Tuman hokimligi va viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganishlar olib borilganda hodisa Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli MTTda sodir etilgani tasdiqlandi.

«Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ayol kishi maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining qo‘liga urayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Videoga bildirilgan izohlarda mazkur holat Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-MTTda tasvirga olingani aytilgan. Ushbu videodagi holat bo‘yicha tuman hokimligi hamda viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi tomonidan dastlabki o‘rganish olib borildi. Ma'lum bo‘lishicha, jarayon haqiqatdan ham Bulung‘ur tumanidagi 13-MTTda sodir bo‘lgan. Bugun, 17 yanvar, yakshanba, ish kuni bo‘lmaganligi sababli, holat ertaga, 18 yanvar kuni joyida batafsil o‘rganilib, qo‘shimcha ma'lumot beriladi», deyiladi tuman hokimligi axborot xizmati 17 yanvar kuni tarqatgan xabarda.

Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumanidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasining mudirasi tarbiyalanuvchilarni urganligi va MTTda sodir bo‘layotgan boshqa qonunbuzilish haqida xabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi axborot xizmati taqdim etgan xabarda.

Kun.uz Bulung‘urda sodir bo‘lgan hodisa haqida izoh olish uchun Samarqand viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi axborot xizmati rahbari Umida Mamadaliyeva bilan bog‘landi. Uning aytishicha, ayni damda viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi va tuman bo‘limi mutasaddilari Bulung‘ur tumanida 13-sonli MTTda sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha surishtiruv olib borishyapti. Surishtiruv natijalari tez orada batafsil e'lon qilinadi. 

Top