14:46 / 18.01.2021
16699
Habib Nurmagomedov UFC’ga qanday shartda qaytishi mumkinligi ma'lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov 23 yanvardan 24 yanvarga o‘tar kechasi UFC 257 doirasida bo‘lib o‘tadigan Konor Makgregor va Dastin Pore o‘rtasidagi jangdan so‘ng UFC’ga qaytishi mumkin.

Foto: Getty Images /Josh Hedges

2020 yil 24 oktyabrda Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlagani to‘g‘risida e'lon qildi. 83 kundan so‘ng, 2021 yil 16 yanvarda UFC prezidenti Deyna Uayt Habib qaytishi mumkinligini bildirdi

UFC prezidenti Deyna Uayt va UFC chempioni Habib Nurmagomedov 15 yanvar kuni Abu-Dabidagi jangchilar orolida uchrashdi hamda Habib va prezidentning muzokaralar xonasiga kirib ketayotgani aks etgan o‘n soniyali video UFC’da bu yilgi birinchi qiziqarli videoga aylandi, deb yozmoqda spors.ru. 

Uayt va Habib rossiyalik jangchining faoliyatini davom ettirish masalasini muhokama qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov UFC 254 turnirida Jastin Geyjiga qarshi jangdan so‘ng faoliyatini tugatishi haqida e'lon qildi, ammo Uayt chempionlik unvonini vaqtincha unda qoldirdi.

Bir kun o‘tgach, Uayt yopiq eshiklar ortida nima haqida gaplashishganini aytib berdi: 

«Biz Habib bilan uning o‘ziga kelib olishi uchun vaqt berish to‘g‘risida kelishib oldik. Habib xohlagan hamma narsaga erishganini his qilmoqda. Unda qaytishga motivatsiya yo‘q. Keyingi hafta biz ikkita yaxshi jangni ko‘ramiz: Konor Makgregor – Dastin Pore va Maykl Chandler - Den Xuker. Habib agar bu yigitlar g‘ayrioddiy narsani namoyish qilsa, unda qaytish haqida o‘ylab ko‘rishini aytdi», - dedi Uayt. 

Agar Habib UFC’ga qaytishga qaror qilsa, unda uning navbatdagi raqibi katta ehtimol bilan Makgregor - Pore jangining g‘olibi bo‘ladi. 

Top