22:06 / 18.01.2021
6017
Kapitoliy binosi Baydenning inauguratsiyasi repetitsiyasi o‘tayotgan vaqtda o‘rab olindi

18 yanvarda AQSh xavfsizlik kuchlari xodimlari Kapitoliy binosini “tashqi tahdid” haqidagi xabarlar sababli o‘rab olishdi. Bu vaqtda binoda saylangan prezident Jo Baydenning inauguratsiyasi repetitsiyasi o‘tayotgan bo‘lgan.

Foto: REUTERS / Joshua Robers

“Xavfsizlikka tashqi tahdid, chiqish va kirish taqiqlanadi, eshik va oynalardan uzoqroq turing”, deb aytilgan Kapitoliy majmuasi xodimlariga yo‘llangan ogohlantirishda.

Buning natijasida binoda o‘tayotgan Baydenning inauguratsiyasi repetitsiyasini to‘xtatishga to‘g‘ri kelgan.

Bunday choralar ko‘rilishiga Kapitoliy yaqinida boshpanasizlar uchun mo‘ljallangan markazda chiqqan yong‘in sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. 

Ovoz karnaylari orqali yangragan ko‘rsatmalarda Kapitoliy majmuasi hududida tashqarida bo‘lgan odamlarga, jumladan inauguratsiya repetitsiyasida ishtirok etayotgan harbiy orkestrga darhol bino ichiga kirish buyurilgan.

Bayden inauguratsiyasi 20 yanvarda bo‘lib o‘tadi. AQShda inauguratsiya vaqtida tartibsizliklar uyushtirilishi mumkinligidan xavotirlanilmoqda. Shu sababli poytaxt Vashingtonda tartibni saqlashga 25 minggacha harbiy jalb qilinishi mumkin.

Top