12:04 / 18.01.2021
7144
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 10500 so‘mdan oshdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 19 yanvar kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,61 so‘mga oshgan va bir dollar 10 500,81 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 113,28 so‘mga tushib, 12 682,88 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 1,37 so‘mga qimmatlagan va 1 rubl 142,66 so‘mni tashkil etgan.

Top