14:24 / 18.01.2021
10218

Pensiya jamg‘armasining Sirdaryo viloyati ikkita tuman bo‘lim boshlig‘i vafot etdi

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sirdaryo viloyati Xovos va Yangiyer tumanlari bo‘limi boshliqlari vafot etdi.

Sirdaryo viloyati budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Yangiyer shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Norchayev Jahongir Sindorovich 17 yanvar kuni vafot etdi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Xovos tumani bo‘limi boshlig‘i Fayziyev Baxtiyor Sadullayevich 52 yoshida olamdan o‘tdi, deb xabar bermoqda jamg‘arma axborot xizmati.

Rasmiy axborotda marhumlarning  o‘lim sababi keltirilmagan. Moliya vazirligi vakilining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Norchayev va Fayziyevning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmagan.

2020 yil 19 sentyabrda jamg‘arma ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i Mirodil Qosimov vafot etgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari, koronavirus tufayli moliya vaziri o‘rinbosari Yorqin Tursunov vafot etgani xabar qilingan.

Top