11:57 / 18.01.2021
6931
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga yangi rahbar tayinlandi

Farhod Norpo‘latovich Norqo‘ziyev Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

«Tibbiyot fanlari nomzodi, 50 yoshli mutaxassis Farhod Norqo‘ziyev o‘z faoliyatini Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining lazer xirurgiyasi bo‘limi vrach-xirurgi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik ushbu markazning lazer xirurgiyasi bo‘limi mudiri lavozimida ishlagan.

2011–2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori, 2017–2020 yillarda Jizzax viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlangan edi.

Top