00:24 / 19.01.2021
23493
Football Italia: «Yuventus» «Jyenoa» bilan Shomurodov transferi bo‘yicha muzokaralarga kirishdi
Foto: Getty Images

«Yuventus» qishki transferlar oynasida «Jyenoa» hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. 

Football Italia'ning yozishicha, Turin klubi o‘zbekistonlik 25 yoshli futbolchining transferi borasida genuyaliklar bilan muzokaralarga kirishgan. 

Ma'lumot uchun, Shomurodov bu mavsumda A Seriyada 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi.

Top