17:40 / 19.01.2021
20022

Ikki viloyatda qurilish boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi

Namangan va Farg‘ona viloyatlari qurilish bosh boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda Qurilish vazirligi xabar bermoqda.

Foto: Kommersant'

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan Dilshod Abdug‘aniyevich Niyozov Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

U o‘tgan yilning dekabr oyi boshida Namangan viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimidan ozod qilingan Saidahmad Sultonov o‘rnida ish boshladi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi.

Qurilish vazirligi xabariga ko‘ra, Akmal Umarovich Rahmonov Farg‘ona viloyati qurilish bosh boshqarmasining boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatadi.

Avvalroq, qurilish vaziri Botir Zokirov sohani soddalashtirish kerak emasligini ma'lum qilib, sohadagi korrupsion sxema haqida gapirgandi.

Top