16:15 / 19.01.2021
27507

Jizzax shahriga yangi hokim tayinlandi

Mirzacho‘l tumanining sobiq hokimi Komil Xolmurodov Jizzax shahrining yangi hokimi etib tayinlandi.

19 yanvar kuni Jizzax viloyati Xalq deputatlari Jizzax shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tib, unda prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi Ergash Soliyev ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, sessiya kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi so‘zga chiqib, Jizzax shahar hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Akbar Safarovich Shukurov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan Jizzax shahar hokimi lavozimiga Komil Adhamovich Xolmurodov nomzodini tavsiya etgan va deputatlar ushbu taklifni ma'qullashgan.

Komil Xolmurodov

Akbar Shukurov 2018 yil aprelidan buyon Jizzax shahrini boshqarib kelayotgandi. U 2011-2017 yillar Samarqand shahri hokimi, 2017-2018 yillarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlagan. Hozircha uning keyingi faoliyati haqida ma'lumot yo‘q.

Akbar Shukurov

Komil Xolmurodov muqaddam Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil noyabrida Mirzacho‘l tumaniga hokim etib tayinlangandi. Bugun u tuman hokimligidan ozod etilib, uning o‘rniga Sherzod Ahmedov tayinlandi.

Bundan tashqari, viloyatning Zafarobod va Forish tumanlarida ham rahbarlar o‘zgargan, shuningdek, Yangiobod tumaniga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda.
 

Mavzu
Jizzaxda 6 qavatli bino qulashi
2021 yil 10 yanvar kuni Jizzax shahrida yangi qurilib, hali foydalanishga topshirilmagan ko‘p qavatli uy qulab tushdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top