14:20 / 19.01.2021
8325

«Mo‘minlarni savobli ishga taklif qilmoqchimiz» – Gul qishlog‘idagi masjid qurilishiga hissa qo‘shing

Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumaniga tashrif buyurdik.

Tumanning Gul qishlog‘idagi eski masjid atrofdagi hududlar bilan qo‘shib hisoblaganda 10 mingga yaqin aholiga xizmat qiladi. 100 yildan ortiqroq vaqt avval qurilgan ushbu masjid esa ayni kunlarda juda xaroba holga kelib qolgan.

Shu sababli qishloq ahli kichik bo‘lsa ham yangi masjid qurish uchun harakat qilmoqda.

«Gul» jome masjidi imom-xatibi Ulug‘bek Ikromovning ma'lum qilishicha, yangi quriladigan masjidning xonaqohi 350 kishiga, ayvonlari bilan qo‘shganda 700-800 namozxonga mo‘ljallangan. Bundan tashqari masjidning asosiy hovlisi ham anchagina katta bo‘lib, Juma va Hayit namozilarida butun qishloq ahlini sig‘dira oladi.

«Hozirda yangi masjidning o‘rinlarini tayyorlab, poydevor qo‘yib qurilishni boshlashga tayyorlab qo‘yganmiz. Bizga buning uchun armaturalar yetishmay turibdi. Shundan so‘ng, beton quyamiz va devorni ko‘taramiz. Shuningdek, masjid tahoratxonasi va bitta minora qurishimiz kerak bo‘ladi.

Saxiy mo‘minlarning yordamlari bilan ushbu masjidimiz qad ko‘taradigan bo‘lsa, juda xayrli ish bo‘lar edi. Biz mo‘minlarni shu savobli ishga taklif qilmoqchimiz. Hadisi shariflarda «Kim bir masjid qursa, Alloh taolo jannatdan unga bir uy qurib beradi”, – deyilgan. Payg‘ambarimiz alayhissalomning ushbu va'dalariga muvofiq ish qilib, Allohning baytiga xizmat qiladigan bo‘lsak, dunyo va oxiratimiz uchun xayrli va savobli ish bo‘ladi”, – deydi masjid imom-xatibi Ulug‘bek Ikromov.

Ulug‘ ajrlarga sazovor bo‘lish, masjid qurish savobiga sherik bo‘lish niyatidagi yurtdoshlarimizni Allohning uyini barpo qilishga hissa qo‘shishga chorlab qolamiz.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjidning mas'ul xodimi Ag‘zam Islomov nomiga ochilgan kartalar:

Uzcard: 8600 3329 6584 4602

VISA: 4231 2000 0724 4436

Masjid qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 2021 2000 9041 4373 3003

INN: 203741653 MFO: 01170

«Gul» jome masjidi imom-xatibi Ulug‘bek Ikromovning telefon raqami: +99897 4018513

Masjid mas'ul xodimi Ag‘zam Islomov: +99897 7352047

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top