10:00 / 19.01.2021
2826

O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindiston elchisi Manish Prabhat bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalari ikki davlat munosabatlarida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etgan.

Muloqotda ikki tomonlama aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etilgan, mamlakatlar o‘rtasida transport yo‘laklarini aniqlash bo‘yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarning ahamiyati muhim ekanligi ta'kidlangan.
  
Shu bilan birga, transport sohasidagi mavjud investitsiya loyihalari ham muhokama etildi. Tomonlar avvalgi erishilgan kelishuvlar yuzasidan transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini qayd etdi, deyiladi ma'lumotda.

Top