23:49 / 20.01.2021
22505
Fotojamlanma: Jo Baydenning inauguratsiyasi

AQShda 46-prezident Jo Baydenning birinchi muddati rasman boshlandi.

Foto: AP/TASS

20 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00ga yaqin Vashingtonda AQShning 46-prezidenti Jo Bayden va 49-vitse-prezidenti Kamala Harrisning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Koronavirus va ommaviy tartibsizliklar ehtimoli tufayli an'anaviy marosimga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritildi. Marosim qatnashchilari soni qat'iyan cheklandi: Kongressning har bir a'zosi (538 kishi) o‘zi bilan bir kishi olib kelishi mumkin edi.

An'anaga ko‘ra, inauguratsiyaga avvalgi prezidentlar — Bill Klinton, kichik Jorj Bush va Barak Obama o‘z rafiqalari bilan tashrif buyurishdi. Jimmi Karter keksaligi sababli, 45-prezident Donald Tramp esa shunchaki istamagani uchun marosimga kelmadi. Tramp bir yarim asr ichida keyingi davlat rahbarining inauguratsiyasini o‘tkazib yuborgan ilk prezident bo‘ldi. So‘nggi marta 1869 yilda Endryu Jonson shu ishni qilgandi.

Bu Franklin Ruzveltning to‘rtinchi muddatidan buyon kuzatilgan eng ixcham inauguratsiya marosimi bo‘ldi. Odatda Linkoln yodgorligidan Kapitoliygacha bo‘lgan Milliy xiyobonda to‘planadigan oddiy tomoshabinlar soni 200 mingga yaqinni tashkil etardi, bu safar maydonga marosimga kela olmagan tashrifchilar o‘rniga va koronavirus oqibatida vafot etganlarni xotirlash uchun ramziy ma'noda 200 mingta AQSh bayrog‘i o‘rnatildi.

6 yanvar kungi voqealar tufayli marosim arafasida bemisl darajadagi xavfsizlik choralari ko‘rildi. Poytaxtga Milliy gvardiyaning 25 mingdan ortiq jangchisi joylashtirildi, yo‘llar to‘sildi.

Marosimda Ledi Gaga AQSh madhiyasini kuyladi. Undan so‘ng sahnaga Jyennifer Lopes ham chiqdi. Bayram konserti virtual formatda bo‘lib o‘tmoqda.

Saylangan prezident Jo Bayden rafiqasi Jill Bayden bilan inauguratsiya marosimidan oldin
Foto: EPA/Vostock-photo
AQShning ilk ayol vitse-prezidentiga aylangan Kamala Harris turmush o‘rtog‘i Duglas Emhoff bilan
Foto: Alex Wong/Getty Images

 

Bill Klinton va Hillari Klinton ham shu yerda edi
ROB CARR / GETTY IMAGES
AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi, sobiq prezident Barak Obama va Mishel Obama saylangan prezidentni qarshilamoqda
Foto: Tasos Katopodis/Getty Images
Jo Bayden va Jill Bayden inauguratsiya arafasida
Foto: Win McNamee/Getty Images
Marosim mehmonlari
Foto: EPA/Vostock-photo
Qo‘shiqchi Ledi Gaga AQSh milliy madhiyasini ijro etish oldidan
Foto: Win McNamee/Getty Images
AQSh prezidenti va rafiqasi marosim vaqtida
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Jyennifer Lopesning chiqishi
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Jo Bayden oilaviy Bibliyaga qasamyod qilmoqda
Foto: EPA/Vostock-photo
Jo Bayden qasamyod qabul qilganidan keyin oila a'zolarini quchmoqda
Foto: Drew Angerer/Getty Images
Qo‘shiqchi Ledi Gaga sobiq davlat kotibi Hillari Klinton bilan salomlashmoqda
Foto: Alex Wong/Getty Images
Top