00:35 / 20.01.2021
5004

Kapitoliy oldida koronavirus qurbonlari xotirasiga 200 mingta bayroq o‘rnatildi   

Jo Baydenning inauguratsiyasi oldidan Vashingtonda yuz minglab bayroqlar o‘rnatildi. 6 yanvarda Kapitoliyda yuz bergan tartibsizliklar sababli inauguratsiya kuchaytirilgan xavfsizlik choralari bilan o‘tadi.   

Foto: Getty Images

AQSh poytaxti Vashingtondagi Milliy xiyobonda pandemiya vaqtida vafot etganlar va Baydenning inauguratsiyasida ishtirok eta olmaydiganlarni xotirlash maqsadida 200 mingga yaqin bayroq o‘rnatildi.   

HuffPost nashrining xabar qilishicha, Baydenning inauguratsiyasi pandemiya va kuchaytirilgan xavfsizlik choralari sababli AQSh tarixida avvalgilariga o‘xshamagan o‘zgacha inauguratsiya bo‘ladi.

20 yanvarda o‘tadigan marosim koronavirus tarqalishini cheklash maqsadida ancha qisqartiriladi. 

Mavzuga oid
Top