14:56 / 20.01.2021
5890

Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirdi

Xitoy dunyodagi eng yirik neft importyori bo‘lib turibdi: mamlakat bir yil davomida 542,4 mln tonna neft sotib olgan. Pandemiyaga qaramasdan, neft importi avvalgi yilga nisbatan 7,6 foizga o‘sgan.

Foto: REUTERS/Stringer

O‘tgan yili Saudiya Arabistoni Xitoyga neft yetkazib berish bo‘yicha Rossiyani ortda qoldirib, eng yirik neft yetkazib beruvchi maqomini saqlab qoldi, deb xabar bermoqda Reuters.

Qayd etilishicha, Xitoy dunyodagi eng yirik neft importyori bo‘lib turibdi: mamlakat bir yil davomida 542,4 mln tonna neft sotib olgan (sutkasiga 10,85 mln barrel). Pandemiyaga qaramasdan, neft importi avvalgi yilga nisbatan 7,6 foizga o‘sgan.

Saudiya Arabistoni Xitoyga 84,92 mln tonna neft yetkazib bergan (sutkasiga qariyb 1,69 mln barrel).  

Rossiya Xitoyga yil davomida 83,57 mln tonna yoki sutkasiga 1,67 mln barrel xom neft yetkazib berib, ikkinchi o‘rinda joylashdi.

Agentlikning yozishicha, Rossiya 2020 yilning aksariyat qismida moslashuvchan logistika va geografik yaqinlik evaziga Xitoyga neft yetkazib berishda yetakchilik qildi. Ammo noyabrda Saudiya Arabistoni neft narxini keskin arzonlashtirib, birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Mavzuga oid
Top